“ma’muriy sud” bo‘yicha: 1 ta xizmat va yo‘nalish, 4 ta maqola.
Xizmatlar va yo‘nalishlar
Maqolalar
20 mln dollarlik kamomad daʼvosi, 128 ming dollarlik Mercedes va millionlab dollarlik qarzlar. IMAN Invest’da nimalar boʻlyapti?
IFCB kengashi IMAN Invest da investorlar mablagʻlari notoʻgʻri sarflanganini bildirib, kompaniya bilan hamkorlikni toʻxtatdi. Kompaniya asoschisi Rustam Rahmatov ayblovlarni rad etgach, kengash aʼzosi Mahmud Usmon oʻz eʼtirozlariga asos boʻlgan ichki tekshiruv hujjatlarini eʼlon qildi. Ularda investorlar hisobidan avtomobil xarid qilingani, boshqaruv xarajatlari qoplangani va millionlab dollarlik muammoli qarzlar qayd etilgan. Mutaxassis shuningdek kompaniyada 20 mln dollarlik kamomad bor ekanligini ham daʼvo qilmoqda. IMAN esa mustaqil sharʼiy audit natijalarini ochiqlashga vaʼda berdi.
Qonunchilik · 16 avgust, 14:35Davlat idorasi ustidan shikoyat qilinganda mansabdor ma’muriy sudga kelishi shart bo‘ladi
Davlat idorasining qarori, harakati yoki harakatsizligi ustidan shikoyat berilganda, tegishli mansabdor yoxud uning vakili ma’muriy sud majlisida qatnashishi shart. U uzrli sababsiz kelmasa, sud muhokamasi kechiktirilishi va mansabdorga sud jarimasi qo‘llanishi mumkin.
Qonunchilik · 15 avgust, 16:16Noto‘g‘ri sudga berilgan ariza endi fuqaroga qaytarilmaydi
Sudga taqdim etilgan ariza boshqa sud vakolatiga kirsa, uni fuqaroga qaytarish o‘rniga tegishli sudga yuborish tartibi kengaytiriladi. Arizada juz’iy kamchiliklar bo‘lsa, sud ularni bartaraf etishda fuqaroga yordam berishi kerak bo‘ladi.
Qonunchilik · 1 avgust, 22:45O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgardi?
2026-yil 1-avgustdan O‘zbekistonda tadbirkorlik tekshiruvlari, mehnat nizolari, transport, ekologiya va qishloq xo‘jaligiga oid yangi tartiblar kuchga kirdi. Endilikda ayrim tekshiruvlar QR-kod orqali ro‘yxatga olinadi, mehnat nizolari ixtisoslashgan sudyalarga taqsimlanadi, jarima maydonchasidagi avtomobil esa elektron ruxsat bilan chiqariladi. Shuningdek, ayrim sohalar uchun yangi imtiyozlar va qo‘shimcha cheklovlar joriy etildi.