Huquqiston.uz

Qidiruv

“mehnat huquqi” bo‘yicha: 0 ta xizmat va yo‘nalish, 5 ta maqola.

Maqolalar

Foydali · 14 noyabr, 12:55

Ish haqi kechiksa, xodimga har bir kun uchun kompensatsiya to‘lanishi shart

O‘zbekistonda ish beruvchi xodimning ish haqini belgilangan muddatda to‘lamasa, kechiktirilgan har bir kun uchun qo‘shimcha kompensatsiya to‘lashi kerak. Mehnat kodeksiga ko‘ra, kompensatsiya Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi asosida hisoblanadi va ish beruvchining aybi bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar to‘lanadi. Kompensatsiya va uni qanday hisoblash haqida batafsil saytimizdagi maqolada tanishing:

Foydali · 11 noyabr, 15:51

Ijtimoiy reyestrga kimlar kiritiladi va qanday yordamlar beriladi?

Huquqiston Ijtimoiy reyestrga kimlar kiritilishi, ariza nima sababdan rad etilishi va reyestrdagi oilalarga qanday yordamlar berilishini oson tilda tushuntiradi.

Siyosat · 9 sentabr, 11:24

Kredit qarzi undirilganda kartada kamida 680 ming so‘m qoldirilishi mumkin

Banklar kredit yoki kafillik qarzini mijozning kartasidan avtomatik undirayotganda undagi barcha pulni yechib olishi cheklanishi mumkin. Markaziy bank taklifiga ko‘ra, bunday undirishdan keyin kartada kamida 680 ming so‘m qolishi kerak. Biroq kredit to‘lovi uchun oldindan belgilangan kartalarga bu talab tatbiq etilmasligi mumkin.

Qonunchilik · 30 avgust, 11:38

O‘zbekistonda “korrupsionerlar reyestri”ni yuritish tartibi belgilanmoqda

Korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslarning elektron reyestrini yuritish tartibi tasdiqlanishi mumkin. Reyestr yopiq shaklda yuritilib, davlat tashkilotlari ishga qabul qilish yoki lavozimga tayinlashdan oldin nomzodning unda bor-yo‘qligini majburiy tekshiradi. Ma’lumotlar shaxsning sudlanganlik muddati davomida saqlanadi.

Qonunchilik · 1 avgust, 22:45

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgardi?

2026-yil 1-avgustdan O‘zbekistonda tadbirkorlik tekshiruvlari, mehnat nizolari, transport, ekologiya va qishloq xo‘jaligiga oid yangi tartiblar kuchga kirdi. Endilikda ayrim tekshiruvlar QR-kod orqali ro‘yxatga olinadi, mehnat nizolari ixtisoslashgan sudyalarga taqsimlanadi, jarima maydonchasidagi avtomobil esa elektron ruxsat bilan chiqariladi. Shuningdek, ayrim sohalar uchun yangi imtiyozlar va qo‘shimcha cheklovlar joriy etildi.