Huquqiston xizmatlari

Aliment kalkulyatori

Voyaga yetmagan farzandlar uchun oylik alimentning taxminiy miqdorini hisoblang.

01

Ma’lumotlarni kiriting

so‘m

Aliment undiriladigan ish haqi va boshqa daromadlarni qo‘shib kiriting. Soliqni kalkulyator hisoblamaydi.

Voyaga yetmagan bolalar

Kiritilgan ma’lumotlar serverga yuborilmaydi va saqlanmaydi.

02

Taxminiy aliment

Oylik daromad va farzandlar sonini kiriting.

Natija, har bir bolaga to‘g‘ri keladigan summa va hisoblash izohi shu yerda ko‘rsatiladi.

Hisoblash tartibi

Aliment qanday hisoblanadi?

Ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, Oila kodeksining 99-moddasi bo‘yicha bir bola uchun daromadning 1/4 qismi, ikki bola uchun 1/3, uch va undan ortiq bola uchun 1/2 qismi olinadi.

Har bir bola uchun eng kam miqdor mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM)ning 26,5 foizidir. Kalkulyator daromaddan hisoblangan summa va barcha bolalar uchun minimal summani solishtirib, kattasini ko‘rsatadi.

Ish haqi va aliment undiriladigan boshqa daromadlarning soliqlardan keyin qolgan qismini kiriting. Bir necha ish joyidan daromad olsangiz, tegishli summalarni qo‘shing. Daromadning qaysi turlaridan aliment undirilishi Oila kodeksining 104-moddasi va ijro qoidalari bilan belgilanadi.

Eng kam oylik miqdorlar

1 sentabr 2026 sanasidan

Bolalar soniga qarab ulush va minimal jami aliment
BolaUlushJami minimum
1 nafar25%360 400 so‘m
2 nafar33,33%720 800 so‘m
3 nafar50%1 081 200 so‘m
4 nafar50%1 441 600 so‘m
5 nafar50%1 802 000 so‘m

MHTEKM: 1 360 000 so‘m
Bir bola uchun: 1 360 000 × 26,5% = 360 400 so‘m

Huquqiy asos

Parametrlar oxirgi tekshirilgan sana: