Bo‘lim

Qonunchilik

Qonunlar, qarorlar va yangi tartiblarning kundalik hayotga ta’siri sodda tilda tushuntiriladi.
Qonunchilik

Toshkentda 1-oktyabrdan jamoat transporti chiptalari narxi ko‘tariladi

Toshkent shahar Kengashi avtobus va metro uchun yangi yo‘lkira tariflarini tasdiqladi. 1-oktabrdan elektron to‘lov narxi 1 700 so‘mdan 2 500 so‘mga oshadi, naqd to‘lov uchun belgilangan 3 ming so‘mlik tarif esa o‘zgarishsiz qoladi. Abonementlar va transportlar o‘rtasida almashish tariflari ham qimmatlashadi.

Batafsil o‘qish →

So‘nggi materiallar

Qonunchilik

Shovqin uchun jarima 8,8 mln so‘mgacha oshiriladi

O‘zbekistonda belgilangan me’yordan ortiq shovqin qilganlik uchun jarimalar keskin oshiriladi. Takroriy qoidabuzarlik uchun mansabdor shaxslarga 8,8 mln so‘mgacha jarima solinishi mumkin. Yangi tartib 11-dekabrdan kuchga kiradi.

Qonunchilik

Profilaktika inspektorlariga yana to‘rt turdagi yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima qo‘llash vakolati berildi

Profilaktika inspektorlari mahalla ko‘chalari va yo‘laklarida sodir etilgan yana to‘rt turdagi yo‘l harakati qoidabuzarligi bo‘yicha jazo qo‘llashi mumkin bo‘ladi. Ularning faoliyatiga nisbatan aholi ovoz berishi orqali “ishonchsizlik tashabbusi”ni bildirish tizimi ham joriy etiladi.

Qonunchilik

O‘zbekistonda “korrupsionerlar reyestri”ni yuritish tartibi belgilanmoqda

Korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslarning elektron reyestrini yuritish tartibi tasdiqlanishi mumkin. Reyestr yopiq shaklda yuritilib, davlat tashkilotlari ishga qabul qilish yoki lavozimga tayinlashdan oldin nomzodning unda bor-yo‘qligini majburiy tekshiradi. Ma’lumotlar shaxsning sudlanganlik muddati davomida saqlanadi.

Qonunchilik

O‘zbekistonda muddatli to‘lov xizmatlari Markaziy bank nazoratiga o‘tadi

2027-yil 1-yanvardan muddatli to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar Markaziy bank reestriga kiritiladi. Shartnoma muddati 12 oydan, uning qiymati esa 250 BHMdan oshmasligi kerak.

Qonunchilik

Davlat idorasi ustidan shikoyat qilinganda mansabdor ma’muriy sudga kelishi shart bo‘ladi

Davlat idorasining qarori, harakati yoki harakatsizligi ustidan shikoyat berilganda, tegishli mansabdor yoxud uning vakili ma’muriy sud majlisida qatnashishi shart. U uzrli sababsiz kelmasa, sud muhokamasi kechiktirilishi va mansabdorga sud jarimasi qo‘llanishi mumkin.

Qonunchilik

Noto‘g‘ri sudga berilgan ariza endi fuqaroga qaytarilmaydi

Sudga taqdim etilgan ariza boshqa sud vakolatiga kirsa, uni fuqaroga qaytarish o‘rniga tegishli sudga yuborish tartibi kengaytiriladi. Arizada juz’iy kamchiliklar bo‘lsa, sud ularni bartaraf etishda fuqaroga yordam berishi kerak bo‘ladi.

Qonunchilik

Prezident Administratsiyasi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun imzolandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari va vakolatlarini belgilovchi konstitutsiyaviy qonunni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, Administratsiya davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishi va nazorat qilishi, uning rahbari esa barcha davlat idoralari va mansabdor shaxslar bajarishi majburiy bo‘lgan farmoyishlar chiqarishi mumkin.

Qonunchilik

Kredit reklamasi va shartnomalariga yangi talablar joriy etilishi mumkin

Markaziy bank kredit reklamasi va shartnomalarida qarzni o‘z vaqtida to‘lamaslik oqibatlari haqida yirik ogohlantirish joylashtirishni taklif qilmoqda. Ogohlantirish reklamaning kamida 10 foizini, shartnomaning dastlabki qismida esa kamida 30 foiz joyni egallashi kerak bo‘ladi.

Qonunchilik

Prezident Administratsiyasining vakolatlari konstitutsiyaviy qonun bilan belgilanadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi va vakolatlarini belgilovchi konstitutsiyaviy qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat Administratsiyaning davlat boshqaruvidagi o‘rni, faoliyatini tashkil etish tartibi hamda xodimlarining huquqiy kafolatlarini tartibga soladi. Loyiha hozircha qonun kuchiga ega emas.

Qonunchilik

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgardi?

2026-yil 1-avgustdan O‘zbekistonda tadbirkorlik tekshiruvlari, mehnat nizolari, transport, ekologiya va qishloq xo‘jaligiga oid yangi tartiblar kuchga kirdi. Endilikda ayrim tekshiruvlar QR-kod orqali ro‘yxatga olinadi, mehnat nizolari ixtisoslashgan sudyalarga taqsimlanadi, jarima maydonchasidagi avtomobil esa elektron ruxsat bilan chiqariladi. Shuningdek, ayrim sohalar uchun yangi imtiyozlar va qo‘shimcha cheklovlar joriy etildi.

Qonunchilik

Apex Moliya ilk islomiy mikromoliya bankiga aylanishni rejalashtirmoqda

Apex Moliya aksiyadorlari tashkilotni islomiy mikromoliya bankiga aylantirishga qaror qildi. Kompaniya buning uchun Markaziy bankdan dastlabki ruxsat va litsenziya olishi, ustav kapitalini esa 50 mlrd soʻmga yetkazishi kerak.