Siyosat · 22 iyul, 17:56Aholiga gaz yetkazib berish uchun subsidiyalar bosqichma-bosqich bekor qilinadi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekistonda aholiga tabiiy gazni past narxlarda yetkazib berish natijasida korxonalarga ajratiladigan byudjet subsidiyalari keskin qisqartiriladi.
2023 yilda ushbu maqsad uchun 18 trln soʻm sarflangan boʻlsa, 2029 yilga borib xarajatlarni 1,3 trln soʻmgacha kamaytirish rejalashtirilgan.
Subsidiyalar tarif islohotlari orqali kamaytirilishi rejalashtirilgani sababli, bu tabiiy gaz narxlarining bosqichma-bosqich oshirilishiga olib kelishi mumkin.