Jamiyat · 31 avgust, 15:59O‘zbekistonda IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 7 yilda 3 trln so‘mdan ortiq to‘lov qilingan
O‘zbekistonda UzIMEI tizimi ishga tushirilganidan buyon 97,8 mln dan ortiq IMEI-kod ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Gazeta.uz ma’lumotiga ko‘ra, buning uchun jami 253 mln dollar yoki 3 trln so‘mdan ortiq to‘lov amalga oshirilgan. Tizim operatori majburiy undiriladigan ushbu mablag‘ni soliq emas, ko‘rsatilayotgan xizmat uchun to‘lov deb izohlamoqda.