“qarzdorlik” bo‘yicha: 0 ta xizmat, 3 ta maqola.
Maqolalar
“Foizsiz kredit” va’dasi bilan 400 dan ortiq fuqaro aldandi — 17 mlrd so‘m o‘zlashtirilgan
Toshkent viloyatida “foizsiz kredit” olib berishni va’da qilib, 400 dan ortiq fuqaro nomiga kredit rasmiylashtirgan guruh aniqlandi. Ajratilgan mablag‘larning qariyb 17 mlrd so‘mi o‘zlashtirilgani aytilmoqda.
Siyosat · 9 sentabr, 11:24Kredit qarzi undirilganda kartada kamida 680 ming so‘m qoldirilishi mumkin
Banklar kredit yoki kafillik qarzini mijozning kartasidan avtomatik undirayotganda undagi barcha pulni yechib olishi cheklanishi mumkin. Markaziy bank taklifiga ko‘ra, bunday undirishdan keyin kartada kamida 680 ming so‘m qolishi kerak. Biroq kredit to‘lovi uchun oldindan belgilangan kartalarga bu talab tatbiq etilmasligi mumkin.
Qonunchilik · 12 avgust, 19:32Kredit reklamasi va shartnomalariga yangi talablar joriy etilishi mumkin
Markaziy bank kredit reklamasi va shartnomalarida qarzni o‘z vaqtida to‘lamaslik oqibatlari haqida yirik ogohlantirish joylashtirishni taklif qilmoqda. Ogohlantirish reklamaning kamida 10 foizini, shartnomaning dastlabki qismida esa kamida 30 foiz joyni egallashi kerak bo‘ladi.