Huquqiston.uz

Qidiruv

“Markaziy bank” bo‘yicha: 0 ta xizmat, 6 ta maqola.

Maqolalar

Siyosat · 9 sentabr, 11:24

Kredit qarzi undirilganda kartada kamida 680 ming so‘m qoldirilishi mumkin

Banklar kredit yoki kafillik qarzini mijozning kartasidan avtomatik undirayotganda undagi barcha pulni yechib olishi cheklanishi mumkin. Markaziy bank taklifiga ko‘ra, bunday undirishdan keyin kartada kamida 680 ming so‘m qolishi kerak. Biroq kredit to‘lovi uchun oldindan belgilangan kartalarga bu talab tatbiq etilmasligi mumkin.

Qonunchilik · 17 avgust, 14:21

O‘zbekistonda muddatli to‘lov xizmatlari Markaziy bank nazoratiga o‘tadi

2027-yil 1-yanvardan muddatli to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar Markaziy bank reestriga kiritiladi. Shartnoma muddati 12 oydan, uning qiymati esa 250 BHMdan oshmasligi kerak.

Qonunchilik · 12 avgust, 19:32

Kredit reklamasi va shartnomalariga yangi talablar joriy etilishi mumkin

Markaziy bank kredit reklamasi va shartnomalarida qarzni o‘z vaqtida to‘lamaslik oqibatlari haqida yirik ogohlantirish joylashtirishni taklif qilmoqda. Ogohlantirish reklamaning kamida 10 foizini, shartnomaning dastlabki qismida esa kamida 30 foiz joyni egallashi kerak bo‘ladi.

Foydali · 4 avgust, 20:57

Uy narxini shartnomada aslidan past koʻrsatish nega keyinchalik qimmatga tushishi mumkin?

Uyning haqiqiy narxini shartnomada kamaytirib, pulning qolgan qismini qoʻlda berish xaridor va sotuvchi uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? Pinkod bunday kelishuvda eskrou himoyasi, qoʻshimcha soliq va boshqa masalalarni tahlil qildi.

Qonunchilik · 1 avgust, 22:45

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgardi?

2026-yil 1-avgustdan O‘zbekistonda tadbirkorlik tekshiruvlari, mehnat nizolari, transport, ekologiya va qishloq xo‘jaligiga oid yangi tartiblar kuchga kirdi. Endilikda ayrim tekshiruvlar QR-kod orqali ro‘yxatga olinadi, mehnat nizolari ixtisoslashgan sudyalarga taqsimlanadi, jarima maydonchasidagi avtomobil esa elektron ruxsat bilan chiqariladi. Shuningdek, ayrim sohalar uchun yangi imtiyozlar va qo‘shimcha cheklovlar joriy etildi.

Qonunchilik · 28 iyul, 15:37

Apex Moliya ilk islomiy mikromoliya bankiga aylanishni rejalashtirmoqda

Apex Moliya aksiyadorlari tashkilotni islomiy mikromoliya bankiga aylantirishga qaror qildi. Kompaniya buning uchun Markaziy bankdan dastlabki ruxsat va litsenziya olishi, ustav kapitalini esa 50 mlrd soʻmga yetkazishi kerak.