“Loyiha” bo‘yicha: 0 ta xizmat, 10 ta maqola.
Maqolalar
Toshkentda 1-oktyabrdan jamoat transporti chiptalari narxi ko‘tariladi
Toshkent shahar Kengashi avtobus va metro uchun yangi yo‘lkira tariflarini tasdiqladi. 1-oktabrdan elektron to‘lov narxi 1 700 so‘mdan 2 500 so‘mga oshadi, naqd to‘lov uchun belgilangan 3 ming so‘mlik tarif esa o‘zgarishsiz qoladi. Abonementlar va transportlar o‘rtasida almashish tariflari ham qimmatlashadi.
Siyosat · 9 sentabr, 11:24Kredit qarzi undirilganda kartada kamida 680 ming so‘m qoldirilishi mumkin
Banklar kredit yoki kafillik qarzini mijozning kartasidan avtomatik undirayotganda undagi barcha pulni yechib olishi cheklanishi mumkin. Markaziy bank taklifiga ko‘ra, bunday undirishdan keyin kartada kamida 680 ming so‘m qolishi kerak. Biroq kredit to‘lovi uchun oldindan belgilangan kartalarga bu talab tatbiq etilmasligi mumkin.
Qonunchilik · 30 avgust, 11:38O‘zbekistonda “korrupsionerlar reyestri”ni yuritish tartibi belgilanmoqda
Korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslarning elektron reyestrini yuritish tartibi tasdiqlanishi mumkin. Reyestr yopiq shaklda yuritilib, davlat tashkilotlari ishga qabul qilish yoki lavozimga tayinlashdan oldin nomzodning unda bor-yo‘qligini majburiy tekshiradi. Ma’lumotlar shaxsning sudlanganlik muddati davomida saqlanadi.
Siyosat · 18 avgust, 15:23Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotdagi nutqidan asosiy fikrlar
18 avgust kuni davlat rahbari har yilgi anʼanaga muvofiq tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Unda biznes vakillari uchun bir qator yangiliklar va keng imkoniyatlar maʼlum qilindi.
Qonunchilik · 15 avgust, 16:16Noto‘g‘ri sudga berilgan ariza endi fuqaroga qaytarilmaydi
Sudga taqdim etilgan ariza boshqa sud vakolatiga kirsa, uni fuqaroga qaytarish o‘rniga tegishli sudga yuborish tartibi kengaytiriladi. Arizada juz’iy kamchiliklar bo‘lsa, sud ularni bartaraf etishda fuqaroga yordam berishi kerak bo‘ladi.
Qonunchilik · 12 avgust, 19:32Kredit reklamasi va shartnomalariga yangi talablar joriy etilishi mumkin
Markaziy bank kredit reklamasi va shartnomalarida qarzni o‘z vaqtida to‘lamaslik oqibatlari haqida yirik ogohlantirish joylashtirishni taklif qilmoqda. Ogohlantirish reklamaning kamida 10 foizini, shartnomaning dastlabki qismida esa kamida 30 foiz joyni egallashi kerak bo‘ladi.
Qonunchilik · 4 avgust, 21:22Prezident Administratsiyasining vakolatlari konstitutsiyaviy qonun bilan belgilanadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi va vakolatlarini belgilovchi konstitutsiyaviy qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat Administratsiyaning davlat boshqaruvidagi o‘rni, faoliyatini tashkil etish tartibi hamda xodimlarining huquqiy kafolatlarini tartibga soladi. Loyiha hozircha qonun kuchiga ega emas.
Qonunchilik · 1 avgust, 22:45O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgardi?
2026-yil 1-avgustdan O‘zbekistonda tadbirkorlik tekshiruvlari, mehnat nizolari, transport, ekologiya va qishloq xo‘jaligiga oid yangi tartiblar kuchga kirdi. Endilikda ayrim tekshiruvlar QR-kod orqali ro‘yxatga olinadi, mehnat nizolari ixtisoslashgan sudyalarga taqsimlanadi, jarima maydonchasidagi avtomobil esa elektron ruxsat bilan chiqariladi. Shuningdek, ayrim sohalar uchun yangi imtiyozlar va qo‘shimcha cheklovlar joriy etildi.
Qonunchilik · 24 iyul, 22:55Oʻzbekistonda Investitsiya kodeksi loyihasi ishlab chiqildi
Huquqiston loyihadagi asosiy oʻzgarishlarni bir joyga jamladi:
Jamiyat · 20 sentabr, 17:37Madad Invest Bank asoschisi Moʻminjon Yoʻldashev xalqaro qidiruvga berildi
Interpol Moʻminjon Yoʻldashevga nisbatan 2026 yil 15 sentabrda Red Notice eʼlon qildi. U Oʻzbekistonda oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilishda ayblanmoqda. Yoʻldashev 2024 yilda Madad Invest Bank kuzatuv kengashi raisligidan ketgan, ammo bank aksiyalarining asosiy qismi hali ham uning oila aʼzolari va ularga bogʻliq kompaniya qoʻlida qolmoqda.